«Dunyodagi eng sog‘lom ovqat» muallifi 45 yoshida vafot etdi
Buyuk britaniyalik taniqli oshpaz Gurparit Beyns 45 yoshida yurak xuruji oqibatida vafot etdi.
Beyns «dunyodagi eng sog‘lom ovqat» muallifi edi.
Sog‘lom ovqatlanish targ‘ibotchisi 11-noyabr kuni shifoxonaga keltirilgan. Bir oz o‘tib o‘ziga kelgan, biroq yuragi va buyraklaridagi buzilishlar oqibatida olamdan ko‘z yumgan.
Gurparit Beynsda sog‘lom ovqatlanishga qiziqish to‘satdan vazni oshishni boshlaganidan so‘ng paydo bo‘lgan. 2009-yilda «dunyodagi eng sog‘lom ovqat» — tovuq go‘shtidan karri va chernikali taom tayyorlab nom qozongan edi. Supermahsulotlar haqida ko‘plab kitoblar yozgan.
Beyns ko‘plab mukofotlarga loyiq topilgan. Xususan, 2011-yili English Curry Awards mukofotlash marosimida uni yilning bosh oshpazi deya e’tirof etishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter