«Click» operatori» qashqadaryolik oshpaz bo‘lib chiqdi
Toshkent shahar, Yangihayot tumanida yashovchi 29 yoshli K.B. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 7.000.000 so‘m pullar firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanida yashovchi 28 yoshli oshpaz O.A. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, O.A., jabrlanuvchi K.B.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini «Click» operatori sifatida tanishtirib, «SMS» xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 7.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter