Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qari toshbaqa 190 yoshda!

Dunyodagi eng qari toshbaqa 190 yoshda!

Jonatan, 2022 yil.

Foto: PA

Muqaddas Yelena oroliga 1882-yilda sovg‘a qilingan Seyshel gigant toshbaqasi — Jonatan bugun, 4-dekabr kuni 190 yoshga to‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Jonatan nafaqat inson tomonidan qayd etilgan eng uzoq yashagan toshbaqa, balki quruqlikdagi eng uzoq umr ko‘rgan jonivor ham sanaladi. Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Toshbaqa juda qarib qolgan, katarakta tufayli ko‘zlari ko‘rmaydi, hid sezmay qo‘ygan.

Jonatan va yana bir toshbaqa, 1886-yil.
Foto: PA

Uning dunyoga kelgan yili va sanasi nisbiy, orol gubernatori tomonidan rasman 1832-yil 4-dekabr, deya belgilangan. Aytishlaricha, uni orolga sovg‘a qilishganida voyaga yetgan, ya’ni kamida 50 yoshda edi. Uning yoshi kattaroq ham bo‘lishi mumkin.

1832-yilda yozuvchi Gyote vafot etgan, muhandis Eyfel dunyoga kelgan, oradan 71 yil o‘tib aka-uka Raytlar ilk samolyotda parvoz qilishgan. 190 yil ichida imperiyalar paydo bo‘lib, yana yo‘qlikka ravona bo‘ldi. Toshbaqa esa tirik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring