Dunyodagi eng boy bankir vafot etdi
Dunyodagi eng boy bankir Jozef (Jose) Safra Braziliyada vafot etdi, deb yozadi «Folha de S.Paolo» gazetasi. U 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Oila o‘lim sababini oshkor qilmayapti. Biroq, nashrning yozishicha, bankirning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan. U 10-dekabr kuni San-Paulu shahridagi «Israelita do Butantã» qabristoniga dafn qilinishi aytilgandi. «Forbes» Safraning boyligini 23,2 milliard dollarga baholagan. «Banco Safra» sohibi «dunyodagi eng boy bankir» hisoblanadi.
U, shuningdek, Braziliyadagi eng boy odamlardan biri edi. «Bloomberg» hisob-kitoblariga ko‘ra, bankirning boyligi — 17,6 milliard dollar. U investor Xorxe Paulo Lemandan keyin Braziliyaning ikkinchi eng badavlat fuqarosi hisoblanadi.
Safra 1938-yilda Livanda dunyoga kelgan, ammo otasining biznesini davom ettirish uchun 1960-yillarda Braziliyaga ko‘chib o‘tgan. 2016-yilda bankir korrupsiyada ayblangan. Aytishlaricha Safra 500 million dollarlik qarzini yopishlari uchun soliq idoralari xodimlariga 4,2 million dollar to‘lashni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter