Dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘yinchoqning eng kichkina nusxasi yaratildi
Yaponlar dunyodagi eng kichkina Rubik kubini namoyish etishdi. Har bir tomonining uzunligi 9,9 millimetrdan iborat, deya xabar berdi «Kyodo».
Ta’kidlanishicha, o‘yinchoq alyuminiydan yasalgan bo‘lib, uni «Megahouse Corporation» kompaniyasi ishlab chiqardi. Rubik kubining bahosi — 198 ming iyen (taxminan 1,9 ming dollar).
Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng mashhur kubni vengriyalik haykaltarosh Erne Rubik 1974-yilda yaratgan. Aytishlaricha, Rubik kubi sotilishi bo‘yicha o‘yinchoqlar orasida yetakchilik qiladi: butun dunyoda 350 milliondan ziyod boshqotirma xarid qilingan. Ushbu o‘yinchoqqa bag‘ishlangan ko‘plab fan-klublar va musobaqalar tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter