Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dron hujumi xavfi sabab Moskva aeroportlarida muammo yuzaga keldi

Dron hujumi xavfi sabab Moskva aeroportlarida muammo yuzaga keldi

Bugun ertalab Rossiya poytaxti yaqinida, Moskva viloyati g‘arbida ikkita dron urib tushirildi. Shu sabab uchta Moskva aeroportida samolyotlarning kelishi va ketishiga cheklovlar joriy etildi, ularning bir qismi Nijniy Novgorod va Qozonga yo‘naltirilgan.

Vnukovo va Domodedovo aeroportlari vaqtincha reyslarni qabul qilmayapti. Shuningdek, tongdan beri bu aeroportlardan samolyotlar uchirilmayapti.

Vnukovodagi onlayn-kelishlar panelidan ma’lum bo‘lishicha, uchta reys Nijniy Novgorodga, oltitasi Domodedovoga, bittasi Jukovskiyga va yana biri Sankt-Peterburgga qaytarilgan. Umuman olganda, aeroportga kelishi kerak bo‘lgan 20 ga yaqin reys kechiktirildi. O‘ndan ortiq samolyotlarning parvozi kechiktirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring