Donald Tramp xotiralar yozishga kirishdi
![Donald Tramp xotiralar yozishga kirishdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2981173819.jpg)
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp davlat rahbari sifatidagi faoliyati haqida xotiralar yozish bilan band. Bu haqda uning Newsmax TV telekanaliga bergan intervyusiga asoslanib TASS ma’lum qildi.
Siyosatchi bu «juda kuchli narsa» bo‘lishini, shuningdek, uning kitobiga ko‘plab nashriyotlar qiziqish bildirganini ta’kidlagan. Biroq, sobiq prezident uni nashr etishning rejalashtirilgan sanalari yoki unda tasvirlashni rejalashtirgan voqealarini ochiqlamagan.
Avvalroq Donald Tramp, Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan beri Amerika hech qachon bo‘lmagan eng past darajaga tushib qolganini haqida aytib o‘tgan.
U prezidentlikdan ketganidan so‘ng Vashington ta’sirining zaiflashishi fonida butun dunyoda xalqaro vaziyat keskinlashgan. Siyosatchi endilikda Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKdan neft so‘rashga majbur ekanligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter