Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi

AQSh sudi sobiq prezident Donald Trampni jurnalist va yozuvchi Jan Kerrollga jinsiy zo‘ravonlik qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda CCN telekanali xabar bermoqda.

Sudyalar hay’ati sobiq prezidentga deyarli 5 million dollar tovon to‘lashni buyurgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sud Tramp Kerrollni zo‘rlaganiga ishonmagan. Biroq sud sobiq prezident jurnalistga jinsiy zo‘ravonlik qilgan, degan qarorga kelgan.

Jurnalist va yozuvchi Kerroll 4 yil oldin Trampga qarshi ayblovlar qo‘ygan edi. Jurnalistning ta’kidlashicha, 1996 yilda u Donald Tramp bilan Nyu-Yorkdagi univermagda uchrashgan. Aytilishicha, Tramp unga boshqa ayolga sovg‘a sifatida tanlagan ichki kiyimini kiyib ko‘rishni taklif qilgan va Kerroll rozi bo‘lgach, uni kiyim-kechak xonasiga olib kirib, zo‘rlagan.

Tramp ayblovlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Kerroll ko‘proq kitob sotish uchun unga tuhmat qilgan. Biroq sobiq prezident o‘zini himoya qilishdan va sudda guvohlik berishdan bosh tortgan.

Donald Tramp sud qaroriga izoh berar ekan, «bu hukmi sharmandalik ekanini va barcha davrlardagi eng katta jodugar ovining davomi» ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp AQSh tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi sobiq prezidentdir. Shu bilan birga, u 2024 yilgi saylovda prezidentlikka nomzodini yana ilgari surmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring