Donald Tramp Ilon Maskka «katta intervyu» beradi
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod (sobiq prezident) Donald Tramp 12-avgust kuni Ilon Maskka «katta intervyu» berishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.
Tramp 5-avgust kuni strimer Edin Rossga bergan intervyusi sharofati bilan Kick platformasi ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatganini qo‘shimcha qildi. Aftidan, u muvaffaqiyatdan ruhlanib, navbatdagi intervyuda rekordini yangilash niyatida.
Mask bilan suhbat formati qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter