Tramp ikkinchi impichmentga ham «chap berishga» muvaffaq bo‘ldi
AQSh Kongressining yuqori palatasi 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda sobiq prezident Donald Trampni impichment protsedurasi doirasida oqladi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 57 nafar senator AQShning sobiq rahbarini yoqlab ovoz bergan, 43 nafari Trampga qarshi ovoz bergan. Qayd etilishicha, sobiq prezidentni qoralab ovoz berganlar orasida nafaqat demokratlar, balki Respublikachilar partiyasining yetti vakili ham bor.
Impichment kerakli ovozlarning uchdan ikki qismini ololmagan va shu tariqa Tramp qo‘zg‘olon qo‘zg‘atish ayblovidan ozod qilingan.
Avvalroq aytib o‘tganimizdek, AQSh tarixida birinchi marta bitta prezidentga qarshi ikkita impichment bo‘yicha sud jarayoni o‘tkazildi.
Impichment jarayoni 9-fevralda boshlangan. Trampning advokatlari unga qarshi sud jarayonini demokratlar uchun konstitutsiyaga zid siyosiy teatr deb atashdi va Senatni siyosatni oqlashga chaqirishdi. Bunga javoban Kongress Vakillar Palatasi prokurorlari Tramp Kapitoliydagi tartibsizliklar kuni qasddan o‘z tarafdorlarini isyonga undaganini, shu sababli u impichment jarayoni doirasida sudlanishi kerakligini aytib o‘tgan edi.
6-yanvar kuni o‘sha paytda AQSh prezidenti bo‘lib ishlagan Tramp tarafdorlari mitingdan so‘ng Kapitoliy binosiga bostirib kirishdi. Tartibsizlikka qaramay, Kongress demokrat Jo Baydenning davlat rahbari etib saylanishini ma’qulladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter