Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp 37 ta jinoiy ish bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin

Donald Tramp 37 ta jinoiy ish bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etganidan keyin yuzlab maxfiy hujjatlarni saqlagani uchun 37 ta jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, sobiq prezidentga qo‘yilayotgan ayblovlar ma’lumot va hujjatlarni yashirish, shuningdek, adolatga to‘sqinlik qilish va yolg‘on guvohlik berishdir. Xususan, Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan 300 dan ortiq maxfiy hujjatlar topilgan.

«Mamlakatimizda yagona qonunlar to‘plami mavjud va ular hamma uchun amal qiladi. Ushbu qonunlarning qo‘llanilishi, faktlarni to‘plash tergov natijasini belgilaydi. Hech narsa ko‘p emas, kam ham emas», – deydi AQSh Adliya vazirligining maxsus maslahatchisi Jek Smit.

Sobiq prezident qanday jinoiy ish bo‘yicha ayblanayotgani kelasi hafta ma’lum bo‘ladi. Seshanba kuni (13 iyun) u Mayamidagi politsiyaga rasman taslim bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng siyosatchiga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanadi va tergov materiallari e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring