Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deportatsiya o‘rniga jarima. Rossiya parlamenti migrantlarga oid qonun loyihasini ma’qulladi

Deportatsiya o‘rniga jarima. Rossiya parlamenti migrantlarga oid qonun loyihasini ma’qulladi

Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish ko‘rinishidagi jazoni ijro etishning o‘ziga xos xususiyatlariga oid tuzatishlarni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatda migrantlarni mamlakatdan deportatsiya qilish jarima bilan almashtirilishi mumkin, deya xabar bermoqda «Interfaks».

O‘zgartirishlar ko‘ra, deportatsiyaga oid ishni ko‘rib chiqayotgan sudya quyidagilarni inobatga olgan holda mamlakatdan chiqarib yuborish chorasini jarima bilan almashtirishi mumkin:

xorijlikning oilaviy ahvoli

Rossiyadagi faoliyat turi;

soliqlarni to‘lagani;

uy-joyi mavjudligi;

qonunga bo‘ysunishi;

va boshqa holatlar.

Bunda 40 mingdan 50 ming rublgacha jarima yoki 150 dan 200 soatgacha majburiy ish ko‘rinishida jazo tayinlanishi mumkin.

O‘zgartirishlar Rossiya hukumati tomonidan 2017 yilda kiritilgan 306915-7-sonli qonun loyihasining ikkinchi o‘qishi doirasida ma’qullangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring