Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dengiz qaroqchilari gruziyaliklarni o‘g‘irlab ketishdi

Dengiz qaroqchilari gruziyaliklarni o‘g‘irlab ketishdi

Foto: «AP Photo»

Gruziya Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va dengiz transporti agentligi Nigeriya qirg‘oqlarida dengiz qaroqchilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan to‘qqiz nafar gruziyalik dengizchini ozod qilish uchun faol harakat qilishmoqda, dedi Agentlik rahbari Tamar Ioseliani.

«Biz ularning oilalari bilan bog‘landik, ular bilan shaxsan uchrashib, vaziyat bilan tanishtirdik. Gruziya Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, dengiz transporti agentligi va Gretsiyaning kemaga egalik qiluvchi kompaniyasi gruziyalik dengizchilarni vataniga qaytarish uchun jadal mehnat qilishmoqda», — deya ma’lum qildi u jurnalistlarga.

«RIA Novosti»ning yozishicha, kemada jami 14 kishi bo‘lgan, 9 nafar Gruziya fuqarosi bilan bitta ukrainalik o‘g‘irlab ketilgan. Kemada yana 4 ta gruziyalik bor, ular sog‘-salomat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring