Demokratlar AQSh Senati ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
Demokratlar Nevadadagi g‘alabadan keyin AQSh Senati ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi. Bu haqda CCN ma’lum qildi.
Demokratik senator Ketrin Kortes Masto respublikachi Adam Laksaltni mag‘lub etdi. Arizonada demokrat senator Mark Kelli Donald Tramp qo‘llab-quvvatlagan respublikachi Bleyk Mastersni mag‘lub etdi.
Shunday qilib, Demokratik partiya Senatda 50 o‘rin, Respublikachilar - 49 o‘rin oladi.
Jordjiya shtatida ovoz berish natijalari hozircha ma’lum emas. Saylovning ikkinchi bosqichi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi, chunki nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmagan.
Har ikki partiyadan teng miqdordagi senatorlar bilan AQSh vitse-prezidenti va demokratlar vakili Kamala Xarris ovoz berishda ishtirok etishi mumkin. Shunday qilib, demokratlar keyingi ikki yil davomida Senatdagi o‘rnini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 8-noyabr kunidan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kongressning ikkala palatasiga oraliq saylovlar uchun ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Unda Vakillar palatasining 435 a’zosidan va 100 senatordan 35 nafarini sayladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter