Daniyaliklar Trampning Grenlandiyani sotib olish haqidagi «hazili»ni hazm qilisholmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Arktikada harbiy salohiyatini oshirish uchun Grenlandiyani sotib olmoqchi ekani haqida xabar bergandik.
Daniya sobiq bosh vaziri Lars Rasmussen javobni kechiktirmadi va AQSh prezidentining orolni sotib olish borasidagi qiziqishini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan hazil deb baholadi.
«Bu birinchi aprel hazili bo‘lsa kerak — faqat mavsumga tushmabdi!», — deb yozdi Rasmussen o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.
Unga mamlakat tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari ham qo‘shildi: uni orolni harbiylashtirish haqidagi fikr cho‘chitib yuborgan ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, sal avval Tramp Arktikada harbiy salohiyatni kengaytirish maqsadida Grenlandiyani sotib olish xohishi borligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun:
Grenlandiya
- Maydoni — 2,13 mln. kvadrat kilometr.
- Aholisi — 57,7 ming kishi (2016 y.).
Grenlandiya 1814-yili Daniya hududiga kiritilgan, 1979-yili esa muxtoriyat huquqiga ega bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter