Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniyalik ekstremist yana Qur’on nusxasini yoqib yubordi

Daniyalik ekstremist yana Qur’on nusxasini yoqib yubordi

Kecha, juma kuni Daniyaning o‘ta o‘ng qanot ekstremistik partiyasi rahbari Rasmus Paludan Kopengagen shahridagi masjid oldida musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’on nusxasini yoqib yubordi.

Qayd etilishicha, voqeaga jurnalistlarning o‘zlari guvoh bo‘lgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bugun radikallar Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi yaqinida xuddi shunday aksiya o‘tkazishni rejalashtirgan.

Daniya rasmiylari aksiya o‘tkazilishiga ruxsat bergan, Paludanning xavfsizligini ta’minlash uchun uni politsiya o‘rab olgan.

Bu aksiyadan so‘ng Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Daniyaning Anqaradagi elchisini chaqirtirgan. Unga rasmiylar Kopengagenda Qur’onni omma oldida tahqirlashga ruxsat bergani uchun norozilik bildirilgan. Turkiya vazirligi bunday xatti-harakatlarni qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlab, rasmiy Kopengagenning bu boradagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga umid bildirdi.

Avvalroq, Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yuborgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring