Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindzo Abeni otgan shaxsga ayblov e’lon qilindi

Sindzo Abeni otgan shaxsga ayblov e’lon qilindi

Foto: «trend.az»

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abeni otib o‘ldirgan 41 yoshli sobiq yapon askari Tesuya Yamagami, bugun, yakshanba kuni prokurorlarga topshirildi.

Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Erkak hibsga olinganidan keyin Nara prefekturasi politsiya boshqarmasidan mahalliy prokuraturaga o‘tkazilgan va u yerda unga qotillikda rasman ayblov qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sindzo Abe 8-iyul kuni Nara shahrida nutq so‘zlayotgan vaqtida qurolli shaxs uning orqasidan ikki marta o‘q uzgandi. Natijada Abe bir necha soat o‘tib vafot etdi. 

SO‘ngra, qotil nima uchun sobiq bosh vazirni o‘ldirishga qaror qilganini ham izohlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring