Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chixuaxua yuragi xuruj qilib qolgan egasining hayotini saqlab qoldi

Chixuaxua yuragi xuruj qilib qolgan egasining hayotini saqlab qoldi

Foto: «Yandex.ru»

Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida chixuaxua zotiga mansub it yuragi xuruj qilib qolgan egasining hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda «UPI» sayti xabar bergan.

86 yoshli Rudi Armstrong Bu-Bu laqabli iti bilan suzuvchi uyda yashaydi. Bir kuni amerikalik faxriyning yuraki xuruj qilib qoldi. Bir qo‘li bilan bir oyog‘ini qimirlatolmay qolganidan telefongacha yetib borolmadi.

«U yerda kimdir meni tasodifan topib olishlarini kutib yotgim kelmadi. Shuning uchun Bu-Budan yodram so‘radim», — deydi Armstrong.

It egasining yonidan yugurib chiqib ketgan va bir ozdan so‘ng qandaydir ishchi bilan qaytib kelgan. O‘sha odam tez yordamni chaqirgan. Armstrongni shifoxonaga yotqizishdi va besh kundan so‘ng iti bilan ko‘rishdi.

«Ko‘zlarimga yosh quyilib kelyapti. Uni rosa sog‘indim», — dedi faxriy Bu-Bu bilan yana uchrashgach.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring