Chilida topilgan inson oyoq izi 15 ming yoshda ekan
Qurib qolgan Osorno ko‘lida (Chili) topilgan iz Amerika qit’asida yashagan eng qadimiy insonga tegishli bo‘lib chiqdi. Olimlar aniqlashicha, oyoq izi 15 ming yillik tarixga ega. Bu haqda Austral de Chili universiteti (Universidad Austral de Chile — UACH) xabar berdi.
Oyoq izini 2010-yili shu universitet talabasi topgandi. O‘tgan davr mobaynida olimlar izning tarixini o‘rganish bilan band bo‘lishdi.
Tadqiqotga bosh-qosh Austral de Chili universiteti paleontologi Karen Moreno fan uchun o‘ta muhim kashfiyot qilinganini ta’kidladi. Ya’ni qadimiy insonga tegishli bu iz odamlar Amerikada 12 ming yildan avval ham yashaganini isbotlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter