Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilida «asr o‘g‘irligi» sodir etildi

Chilida «asr o‘g‘irligi» sodir etildi

Illyustrativ foto

Chili poytaxti Santyagoda qurollangan bosqinchilar aeroportdagi zirhli avtomashinaga hujum qilib, qariyb $15 mln. pulni o‘marib ketishdi. Voqeani chililik jurnalistlar «asr o‘g‘irligi» deb yoritishmoqda.

Politsiya xabariga ko‘ra, yetti-o‘n nafar atrofidagi qurollangan bosqinchilar terminalga ikkita avtomobilda kirib kelib, mamlakatga samolyotda keltirilgan valyuta ortilgan zirhli mashinaga hujum qilishgan. Bosqinchilar tovar tashuvchi mashinalardan foydalanishgani aytilmoqda.

«Bosqinchilar qo‘riqchilarga qurol bilan tahdid qilib, pullarni qo‘lga kiritishgan va voqea joyidan yashirinishgan», — dedi politsiya vakili Oskar Figeroa.

Jami 14 mln. dollar va 1 mln. yevro miqdoridagi valyuta o‘g‘irlab ketilgan. Bosqin oqibatida qo‘riqchilardan ikki nafari jarohat olgan.

Chili politsiyasi katta miqdordagi xorijiy valyuta keltirilishi haqida talonchilar oldindan boxabar bo‘lgan degan xulosaga keldi.

Bu Santyago aeroportida oxirgi yillarda sodir etilgan ikkinchi yirik bosqin hisoblanadi. 2014-yilda xuddi shu aeroportdagi furgondan 10 mln. dollar o‘g‘irlab ketilgandi. 2017-yilda esa qurolli bosqinchilar Santyago yaqinidagi transport kompaniyasi ofisiga hujum qilib, 19 mln. dollarni o‘marib ketishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring