Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiyada 3 ming yillik bronza qilich topildi

Chexiyada 3 ming yillik bronza qilich topildi

Foto: «Nahodki.top»

Chexiyaning Rixnov-nad-Knejnou shahri yaqinida ishqiboz arxeolog 3 ming yillik bronza qilichni topib oldi. Bu haqda «Regnum» xabar bergan.

Avval bu joyda qazilma ishlari olib borilgan. «TV Nova» telekanali jurnalistlarining ma’lum qilishicha, qilichni topgan odam professional bo‘lmagan va topilmasining naqadar qiymatga egaligini tushunmagan. Biroq u muzey xodimi bo‘lgan do‘stiga bu haqda maqtangan. Shu tariqa qilich olimlarning qo‘liga borib tushgan.

Ular buyumning bronza davriga taalluqli ekanligini aniqlashdi. Arxeologlar o‘sha joyda qidiruv ishlarini olib borishgach, nayza uchi va boshqa artefaktlarni topishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qilichning sopi saqlanib qolmagan, biroq tig‘ining o‘zi o‘tkirligicha qolgan. Qadimgi topilmaning bu darajada yaxshi saqlanishi egasi uni ataylab ko‘mib qo‘yganligi bilan izohlanadi. Ehtimol, u qilichni yashirishga uringandir.

Artefaktning noyobligi ta’kidlanmoqda. Ilgari shunga o‘xshagan qilichni bundan 130 yil muqaddam topishgan. Biroq u oxirgi topilmadan ancha keyin tayyorlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring