Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiya prezidenti televizor ko‘rayotganda qo‘lini sindirib qo‘ydi

Chexiya prezidenti televizor ko‘rayotganda qo‘lini sindirib qo‘ydi

Foto: «Rbc.ru»

Chexiya prezidenti Milosh Zeman televizorda yangiliklarni tomosha qilgandan so‘ng kreslodan turaman deb qo‘lini sindirib qo‘ydi, deya xabar berdi chex yetakchisi matbuot kotibi Yirji Ovchachek.

«Prezident kechasi televizorda yangiliklarni tomosha qilgan, tugagandan keyin esa hassa yoki qo‘riqchisining yordamisiz o‘rnidan turishga uringan. Natijada qoqilib ketgan va o‘ng qo‘lini sindirib olgan», — deya uning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».

Zeman Markaziy harbiy gospitalga yetkazilgan. Kechasi chex shifokorlari uni operatsiya qilishgan. Matbuot kotibi Zeman olgan boshqa jarohatlar va davolash tafsilotlariga to‘xtalmagan. U shunchaki siyosatchining hayotiga hech qanday xavf solmayotganini ta’kidlagan.

Milosh Zeman 75 yoshda, u anchadan beri oyoq kasalliklaridan shikoyat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil kuzda OAV shifokorlarning ma’lumotlariga tayanib, Zeman ikki yil ichida 20 kiloga ozganini xabar bergandi. Prezident rejali ko‘rik uchun shifoxonaga yotqizilgandi. O‘shanda tibbiyot xodimlari siyosatchining ishtahasi yo‘qligi hamda qon bosimi tushib ketganini aytishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring