Chexiya Prezidenti reanimatsiyaga tushib qoldi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi Markaziy harbiy gospitalning anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limida yotibdi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Prezident Milosh Zeman intensiv terapiyaning eng yuqori darajasi hisoblangan anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. U yerda bir yoki bir nechta hayotiy muhim funksiyalari buzilgan, ya’ni hayoti xavf ostida bo‘lgan bemorlar yotishadi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Chexiya yetakchisi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lgan bosh vazir Andrey Babish bilan uchrashuvdan so‘ng Markaziy harbiy gospitalga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter