Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chexiya prezidenti og‘ir dardga uchragani ma’lum bo‘ldi

Chexiya prezidenti og‘ir dardga uchragani ma’lum bo‘ldi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman jigar sirrozi kasalligiga uchradi. Bu haqda Chexiyaning ČTK axborot agentligi shifokorlar kengashi a’zosi, jarroh Pavel Pafkoga asoslanib ma’lum qildi.

Pafkoning so‘zlariga ko‘ra, hozir unga oziqlantiruvchi naycha ulangan.

Avvalroq, 5 noyabr kuni shifokorlar Chexiya prezidenti ishiga to‘liq qayta olmasligini aytishgandi.

Zeman 10 oktabrdan beri Pragadagi Markaziy harbiy gospitalda. Uning kasalxonaga yotqizilgani sababi dastlab oshkor etilmagandi. Payshanba kuni u reanimatsiya bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi.

Sentyabr oyida Zeman sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli sakkiz kun kasalxonada yotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring