Chexiya prezidenti nogironlar aravachasida harakatlana boshladi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman nogironlar aravachasida harakatlana boshladi. Bu kasallik fonida yuzaga keldi — Zeman oyoqlar nevropatiyasidan aziyat chekadi. Bu haqda 11-aprel kuni mahalliy «Blesk» gazetasining tarmoq telekanali tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlarini TASS keltirmoqda.
«Men nogironlar aravachasida harakatlanaman, chunki bu qulay. Oyoqlarimning holati qoniqarsiz», — dedi Chexiya prezidenti.
Davlat rahbari rasmiy davlat tadbirlari paytida shifokorlar tomonidan tavsiya etilgan ushbu harakatlanish vositasidan foydalanishini ta’kidladi.
2020-yil avgust oyida Zeman qo‘lidagi jarohati tufayli Pragadagi Markaziy harbiy gospitalga yotqizildi. Shundan so‘ng u operatsiya qilindi. Shuningdek, 76 yoshli Chexiya prezidenti diabet kasalligidan davolanmoqda. Vaqti-vaqti bilan u rejalashtirilgan shifoxonada muolaja olib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter