Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet elliklar uchun Turkiyada ishlash yengillashadi

Chet elliklar uchun Turkiyada ishlash yengillashadi

Foto: Yekta Homes

Turkiyada xorijliklarning rasmiy ruxsatnomasiz ishlashlarini yengillashtirishga qaratilgan qonunchilik normasi kuchga kirdi. Bu haqda Hürriyet Daily News gazetasi xabar berdi.

Yangilik birinchi navbatda xorijlik tadqiqotchilar, sportchilar va fermerlarga taalluqli. Qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda mavsumiy ishlarda band bo‘lganlar mehnat litsenziyasini olti oygacha kechiktirib olishlari mumkin. Sportchilar esa litsenziyasini ish beruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagunicha olishsa bo‘ladi.

Universitet talabalari va davlat muassasalarining bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tishni rasmiylashtirishni ikki yilga kechiktirish huquqiga ega.

Bundan tashqari, faoliyat doirasi sertifikatlangan turistik korxonalarga kirmaydigan yarmarkalar va sirklarda ishlaydigan shaxslarga ham ro‘yxatdan o‘tmaslik bo‘yicha olti oylik imtiyoz berilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring