Chernogoriya prezidenti qasamyod qildi
Shu yil 15-aprel kuni Chernogoriyada bo‘lib o‘tgan saylovda zafar quchgan Milo Jukanovich bugun qasamyod qilib, prezidetlik lavozimiga kirishdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Setine shahrida bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida davlat va hukumat a’zolari, Chernogoriyaning sobiq prezident va bosh vazirlari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, diplomatik korpuslar vakillari ishtirok etdi.
Saylovda Chernogoriya aholisi 7 nafar nomzod orasidan Milo Jukanovichga ishonch bildirgan edi.
Milo Jukanovich 5 yil davomida davlatni boshqaradi.
Avval 6 marta bosh vazir, bir marta prezident lavozimida faoliyat yuritgan 56 yoshli Milo Jukanovich saylovda 53,9 foiz ovoz olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter