O‘zbekistonliklar yana bir davlatga vizasiz borishlari mumkin bo‘ldi
25-aprel, seshanba kuni Toshkentda O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki davlat rasmiylari o‘zaro turizm imkoniyatlari haqida fikr almashgan.
Qayd etilishicha, 2023-yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu Toshkent va Tivat shaharlari o‘rtasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, endilikda Chernogoriyaga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmasligi alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar sonini 7 milliondan oshirish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishlari mumkinligi yoki soddalashtirilgan viza rejimida sayohat qilishlari mumkinligi haqida ma’lumot berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter