Chernigovga berilgan raketa zarbasi oqibatida jarohat olanganlar soni 144 nafarga yetdi
![Chernigovga berilgan raketa zarbasi oqibatida jarohat olanganlar soni 144 nafarga yetdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3496308568.png)
Joriy yilning 19 avgust kuni Rossiya kuchlari tomonidan Ukrainaning Chernigov shahri o‘qqa tutilishi natijasida 144 kishi jarohatlandi, 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.
«Soat 19:30 holatiga ko‘ra, yetti nafar tinch aholi vakili, jumladan, bir bola halok bo‘lgan. 144 nafar yaralangan mahalliy aholi tibbiy yordamga murojaat. Ulardan 15 nafari bola, 15 nafari politsiyachi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, raketa zarbasi oqibatida 66 ta bino zarar ko‘rgan. Ularda jami 500 ga yaqin xonadon mavjud.
Shuningdek, politsiya fuqarolarning 64 ta avtomobiliga zarar yetkazilganini qayd etgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, zarba natijasida drama teatrining tomi vayron bo‘lgan, keyin esa yong‘in sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati qutqaruvchilari yong‘inni tezda bartaraf etgan.
Portlash to‘lqini yaqin atrofdagi ko‘p qavatli turar-joy va savdo do‘konlarining avtomobillari, deraza va eshiklari hamda fuqarolik infratuzilmasi ob’yektlariga zarar yetkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter