Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chekmaydigan mamlakat

Chekmaydigan mamlakat

Foto: «Shutterstock/FOTODOM»

Yangi Zelandiya hukumati mamlakatni tamakidan xoli qilishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, kelajak avlodlarga sigaret sotish taqiqlanishi mumkin, deyiladi Yangi Zelandiya Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida.

«Bu – xalqimiz salomatligi uchun tarixiy kun», – dedi mamlakat parlamentida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Aysha Verall.

Uning ta’kidlashicha, chekishning sog‘liqqa ta’siri, ayniqsa, Maori, Okeaniya va kam ta’minlangan fuqarolar uchun og‘ir bo‘lmoqda.

«Biz yoshlar hech qachon chekishni boshlamasligiga ishonch hosil qilishni istaymiz, shuning uchun o‘smirlar uchun tamaki mahsulotlarini sotish va yetkazib berishni noqonuniy deb e’lon qilamiz», – dedi Verall.

Aniqlik kiritilishicha, hukumat rejalariga sotiladigan sigaret tarkibidagi nikotin dozasini kamaytirish, shuningdek, tamaki savdo nuqtalarini «sezilarli darajada qisqartirish» kiradi. Vazir o‘rinbosari ta’kidlaganidek, o‘zgarishlar darhol kuchga kirmaydi, shuning uchun savdogarlar yangi biznesga o‘tishga ulguradilar.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, rejada 2025-yilga borib aholining barcha guruhlarida chekish odatlarini 5 foizgacha kamaytirish ham ko‘zda tutilgan. Yangi Zelandiyada har yili 4500 dan 5000 gacha odam chekish tufayli sog‘liq muammolaridan vafot etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring