Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng boy odamning sobiq rafiqasi AQShning eng boy ayoliga aylandi

Eng boy odamning sobiq rafiqasi AQShning eng boy ayoliga aylandi

Foto: «Forbes.mirtesen.ru»

Dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzining mol-mulki 62,3 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda «Forbes» jurnali xabar bergan.

Bezos ajrashgandan so‘ng sobiq eri asos solgan «Amazon» kompaniyasining 4 foiz aksiyasini qo‘lga kiritib, AQShning eng boy ayoliga aylandi. «Amazon» aksiyalari 2-iyuldan 9-iyulgacha — bir haftada 10 foizga qimmatlashdi.

Kompaniya rahbari Jeff Bezosning boyligi 16,2 milliard dollarga ko‘payib, 188,2 milliard dollarga yetdi.

Ajrashgandan so‘ng Makkenzi Bezos eriga tegishli bo‘lgan «Amazon» aksiyalarining chorak qismini qo‘lga kiritdi: o‘sha paytda 36 milliard dollarga baholangandi. Shundan beri kompaniya aksiyalarining qimmatlashishi sharofati bilan uning mol-mulki qariyb ikki baravar ko‘paygan, deb yozadi nashr.

Bezos AQShning eng boy ayollari ro‘yxatida yetakchilik qilib kelayotgan «Walmart» korporatsiyasi asoschisi Sem Uoltonning qizi Elis o‘rnini egalladi. Nashrning ta’kidlashicha, Makkenzi mol-mulki ko‘pligi bo‘yicha dunyoda faqat «L’Oreal» asoschisining nevarasi Fransuaza Betankur-Mayersdan keyin turadi. Chunki uning boyligi 64 milliard dollarga baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring