Buyuk Britaniyaga millionlab och kalamushlar bosqini xavf solmoqda
«Mirror» nashrida chop etilgan xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada millionlab och kalamushlarning bosqini sodir bo‘lish mumkin. Bunga karantin cheklovlari tufayli restoran va pablarning yopilishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Natijada yemaksiz qolgan kalamushlar yangi muammoni keltirib chiqaradi.
OAVga ko‘ra, kemiruvchilar ob-havoning keskin sovishi tufayli turar-joy binolariga kirishga urinishlari mumkin.
Britaniya zararkunandalarga qarshi kurash uyushmasi mutaxassisi Natali Bungining ta’kidlashicha, sichqonlar va kalamushlar qishda uyquga ketmasligi asosiy muammo sanaladi.
Kemiruvchilar iliq joy topish imkoniyatini boy bermaydilar, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus sabab qator mamlakatlarda qat’iy cheklovlar kuchga kirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter