Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir mutatsiya varianti aniqlandi. U avvalgisidan xavfli deya baholanmoqda
Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining yangi mutatsiyasi aniqlandi, u allaqachon jami 10 ta mamlakatga tarqalib ulgurgan. Bu haqda Shotlandiya olimlarining tadqiqotiga asoslanib The Guardian xabar bergan.
Yangi versiya V1525 deb nomlangan. Edinburglik mutaxassislar buni Daniya (35 ta holat), Buyuk Britaniya (32), Nigeriya (12), AQSh (7), Fransiya (5), Gana (4), Kanada (2), Avstraliya (2) Iordaniya (2) va Ispaniya (1)dan namunalar ketma-ketligini aniqlash orqali topganlar.
Gazetaning xabar berishicha, dastlabki holatlar dekabr oyida ingliz va nigeriyalik olimlar tomonidan aniqlangan.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, yangi variant Buyuk Britaniyadagi dominant Kent shtammidan boshoqli oqsilidagi Ye484K mutatsiyasi bilan farq qiladi, bu Covid-19 ning Braziliya, Janubiy Afrika va Bristol turlarida ham kuzatiladi.
Shu sababli, shotlandiyalik mutaxassislar mamlakat rasmiylarini yangi varianti topilgan hududlarida Covid-19 uchun testlar sonini ko‘paytirishni talab qilishgan.
NERVTAG mutaxassislari guruhi Buyuk Britaniyada dekabr oyida aniqlangan koronavirus shtammini SaRS-CoV-2 ning asl shakliga qaraganda xavfli deb xulosa qilishgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 10 fevral kuni avval Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi koronavirus turi o‘tgan hafta yana oltita mamlakatda aniqlanganligini e’lon qilgan. Hozirgi kunda yangi shtamm tarqalgan mamlakatlar soni 86 ga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter