Buyuk Britaniyada Suriyaning birinchi xonimiga nisbatan tergov boshlandi

Buyuk Britaniya politsiyasi Suriyaning birinchi xonimi Asma al-Asadga nisbatan Suriyadagi fuqarolar urushi paytida terroristik hujumlarni qo‘zg‘atishda aybdorlikda gumon qilinib, dastlabki tergovni boshladi. Bu haqda Sunday Times xabar bermoqda.
«Biz politsiyaning urush jinoyatlariga qarshi bo‘linmasiga 2020-yil 31-iyulda davom etayotgan Suriya mojarosi bilan bog‘liq shikoyat kelib tushganligini tasdiqlashimiz mumkin. Shikoyat harbiy jinoyatlar bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda», — deydi politsiya vakili.
Harbiy jinoyatlarda gumon qilinayotgani sababli, Asma al-Asad sudga tortilishi va Buyuk Britaniya fuqaroligini yo‘qotishi mumkin.
Gazetaning yozishicha, Guernica 37 xalqaro advokatlar assotsiatsiyasi «hukmron sinfdagi birinchi xonimning kuchi va Suriya qurolli kuchlarini ochiq qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risida» dalillarni yuborganidan so‘ng, politsiya dastlabki tergovni boshlagan.
Birinchi xonim sudga kelish uchun Buyuk Britaniyaga kelishi ehtimoldan yiroq va u yo‘qligida ish sudga o‘tadimi-yo‘qmi bu ham noma’lum. Gazeta, hibsga olinmasdan Suriyadan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Interpol qizil byulleteni chiqarilishi mumkin deb taxmin qilmoqda.
Asma al-Asad asli kelib chiqishi suriyalik. Buyuk Britaniyada tug‘ilgan va hayotining katta qismini Londonda o‘tkazgan. U 2000-yilda turmush qurguniga qadar investitsiya bankida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter