Buyuk Britaniya rossiyalik 386 deputatga qarshi sanksiyalar kiritdi
Buyuk Britaniya Rossiya dumasining 386 nafar deputatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Ular Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) mustaqilligini tan olish uchun ovoz berishgan.
Sanksiyalar ostida qolgan deputatlarga Buyuk Britaniyaga kirish taqiqlanadi va ularning mamlakatdagi aktivlari muzlatiladi.
London avvalroq bir guruh rossiyalik yirik ishbilarmonlarga qarshi sanksiyalar joriy etgandi.
Ukrainada urush boshlanganidan beri Buyuk Britaniya 500 ga yaqin rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalar kiritgan. Jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ham cheklovlarga duchor bo‘lganlar qatoriga qo‘shilishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter