Buyuk Britaniya Rossiyaga talab qo‘ydi
![Buyuk Britaniya Rossiyaga talab qo‘ydi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2954595656.jpg)
Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Debora Bronnert.
Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi elchisi Debora Bronnert Rossiya sudining muxolif siyosatchi Vladimir Kara-Murzaga nisbatan hukmini bekor qilish zarurligini ma’lum qildi.
Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Shok. Hukm Ukrainadagi urushga qarshi dadil nutqdan keyin qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha yopiq sud jarayonining natijasi bo‘ldi. Biz Kara-Murzaning oilasini qo‘llab-quvvatlaymiz va uning ozod etilishini talab qilamiz», — dedi u.
Shuningdek, Rossiyaning Londondagi elchisi Andrey Kelin Rossiya va Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan muxolifatchi siyosatchi Vladimir Kara-Murzaga chiqarilgan hukm tufayli Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Moskva sudi Vladimir Kara-Murzani (xorijiy agent deb topilgan) davlatga xiyonat qilish va armiya haqida feyk tarqatganlikda ayblab, 25 yil muddatga qattiq rejimli koloniyaga hum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter