Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Burkina-Fasoda portlash oqibatida olti bola hayotdan ko‘z yumdi

Burkina-Fasoda portlash oqibatida olti bola hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «REUTERS/Joe Penney»

Burkina-Faso shimolidagi portlash oqibatida oltita bola halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari jarohatlandi. Bu haqda bugun, ya’ni 2-avgust kuni «Channels TV» xabar berdi.

Portalning ma’lum qilishicha, 1-avgust kuni kunduzi bolalar mol boqib yurganida yo‘lda qo‘lbola portlovchi uskuna ishga tushgan.

Politsiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, portlash yuz bergan hududda «Al-Qoida» bilan yaqin aloqada bo‘lgan JNIM terrorchilik guruhi harakat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring