«Bulung‘urdagi tomosha» noxush yakunlandi
Bulung‘ur tumanida turar joy binolarini noturar mulk ob’yektiga o‘tkazib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegishli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk ob’yektiga o‘tkazib berishi evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter