Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlagan Charlz III raqamlarda va fotolarda

Bugun tug‘ilgan kunini nishonlagan Charlz III raqamlarda va fotolarda

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ilk marotaba tug‘ilgani kunini monarx maqomida nishonladi. Bugun, 14-noyabr kuni u 74 yoshini qarshiladi.

Charlz Filipp Artur Jorj (to‘liq nomi) onasi Yelizaveta II vafotidan so‘ng britan taxtiga o‘tirgan.

Charlz 1948-yili tug‘ilgan, to‘qqiz yoshida Uels shahzodasi maqomini olgan. Kembrij universitetini tamomlagan, gumanitar fanlar magistri. Flotda xizmat qilgan, qiruvchi samolyot va vertolyotni boshqara oladi.

Xayriya ishlari bilan muntazam shug‘ullanib kelgan — 420 dan ziyod xayriya tashkilotlarining prezidenti yoki homiysi sanaladi. Siyosatga doim qiziqqan — Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida so‘nggi 300 yilda birinchi marta qatnashgan qirollik oilasi a’zosi. 1969-yildan buyon Britaniya hamdo‘stligining 56 mamlakatidan 44 tasiga tashrif buyurgan.

Qirol hayoti — RTVI jamlagan suratlarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring