Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi

Bugun Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi

4-noyabr kuni Yerda so‘nggi yillardagi eng kuchli magnit bo‘ronlaridan biri boshlandi, u ikki yoki uch kun davom etadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi sayti ma’lum qilgan.

Olimlar magnit bo‘roni besh balli shkala bo‘yicha uch ball deya baholamoqda. 2 noyabr kuni Quyosh yuzasida sodir bo‘lgan chaqnash oqibatida magnit bo‘roni X sinfidan yuqorini tashkil etib, M1.7 darajasiga qadar ko‘tarilishi mumkin.

Olimlar bu yilgi eng katta qutb yog‘dularidan biri hozirda Yerda qayd etilganini qo‘shimcha qilishgan.

Kechasi soat 12 larda qutb yog‘dusi deyarli butun Skandinaviya yarim orolini qamrab olgan. 

31-oktyabr kuni Yerda magnit bo‘roni boshlangandi. Bu 28-oktyabr payshanba kuni sodir bo‘lgan quyosh chaqnashi bilan boshlangan. Biroq, u zaif va birinchi darajada tasniflangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring