Bruney shahzodasi vafot etdi
![Bruney shahzodasi vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2200989963.jpeg)
Bruney shahzodasi Hoji Abdul Azim 24-oktyabr, shanba kuni 38 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Mamlakatda motam e’lon qilindi. O‘lim sababi ma’lum qilinmagan. Mamlakat sultoni yetti kun davomida davlat bayroqlarini tushirib qo‘yishga buyruq berdi.
Sulton Hassanal Bolkiahning ikkinchi o‘g‘li, shahzoda Hoji Abdul Azim 1982-yil 29-iyulda Bruney poytaxtida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sultonlik Janubi-Sharqiy Osiyo davlatari assotsiatsiyasi (ASEAN) a’zosi. Bruney aholisi salkam 500 ming kishini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter