Bronza davriga oid oltin bilaguzuk topib olindi — Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada 54 yoshli fuqaro dalaning o‘rtasida bronza davriga oid oltindan yasalgan bilaguzuk topib oldi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.
Uaytxevenlik (Uels) tibbiyot xodimi Billi Vogan ishdan bo‘sh vaqtlarida sevimli hobbisi — metall qidirgich bilan dalada har xil narsalar izlashni yaxshi ko‘radi. Shu paytgacha tayinli narsa topmagandi. Bu safar esa rosmana omadi chopdi.
Vogan bronza davrida yasalgan tilla bilaguzuk topib oldi. Avvaliga o‘zi ham ishonmadi, shunchaki bu alpinistlarning ilgagi deb ham o‘yladi. Yo‘q, sof oltin ekan.
Dastlabki xomcho‘tlarga ko‘ra, to‘rt ming yillik tarixga ega bu taqinchoqning narxi 11 ming funt sterling (13,5 ming dollar atrofida)dan boshlanadi. Biroq, qonunga muvofiq, xazinani topgan odam avval uni sotib olishni so‘rab muzeyga murojaat qilishi yoki o‘rganishlari uchun olimlarga topshirishi kerak.
Agarda muzey uchun topilma «qimmatlik» qilsa va sotib olmasa, bilaguzukni nima qilish haqida Billi Vogan bir qarorga kelgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter