Britaniyalik sotib olgan ko‘za 4 ming yillik bo‘lib chiqdi
Buyuk Britaniyalik Karl Martin bir necha yildan buyon tish cho‘tkasi uchun idish sifatida ishlatib kelgan ko‘zacha 4 ming yillik tarixiy buyum bo‘lib chiqdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar berdi.
Uning aytishicha, bu ko‘zani u eski-tuski buyumlar bozorida 5 dollarga sotib olgan.
U buyumining qadimiy ekanini kimoshdi uyiga ishga kirgach tasodifan bilib qolgan.
Martinning aytishicha, u ko‘zani sotuvga qo‘yilgan ba’zi qadimiy buyumlarga o‘xshatgan va mutaxassislarga tekshiruv uchun bergan.
Ekspertlar ko‘zani tekshirib, ko‘za 4 ming yillik tarixga ega ekanini aniqlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter