Britaniyalik ishsiz bir kechada boyib ketdi
50 yoshli Martin Gilbi uyida sabzi tugab qolgani sababli yarim tunda do‘konga borishga majbur bo‘ladi.
Biroq, do‘konga kelganida, plastik kartadan to‘lov qilish uchun kamida 3 funtga tovar sotib olish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Sabzi narxi arzonroq bo‘lgani sababli sotuvchi unga xaridni amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ to‘plash maqsadida lotereya chiptasini qo‘shib olishni taklif qiladi.
Lotareya o‘ynaladigan kuni Gilbi, biron bir narsani yutganligini tekshirishga qaror qiladi. Milliy lotereya dasturidan foydalanib, chiptalar raqamini skanerdan o‘tkazadi va to‘satdan yutuq miqdori 119 151 funt (taxminan 163 000 dollar) ekanligini ko‘radi.
Bu tizimdagi nosozlik deb, dasturni o‘chirib tashlaydi va uni yana smartfonga yuklaydi. Ammo chipta yana tekshirilganda shuncha miqdordagi yutuqni ko‘rsatadi.
«Bu xato emasligiga amin bo‘lganimda, hayajondan terlab ketganimni sezdim va darhol Treysini chaqirdim», dedi Martin Gilbi.
2019-yilda u COVID-19 pandemiyasi tufayli ishsiz qolgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter