Oligarxning sirli o‘limi
Asli kelib chiqishi ukrainalik neft-gaz magnatining hayoti Buyuk Britaniyada fojiali tugadi. Huquqni muhofaza qilish organlari «tushunish qiyin» o‘lim sabablarini o‘rganmoqda, deb yozdi «The Guardian».
Qo‘shma Qirollik bosh vaziri Boris Jonson Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin oligarxlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga va’da bergan kun (28-fevral) Maykl Uotford o‘zini osgan.
Uotfordning asli ism-familiyasi — Mixail Tolstosheya, 66 yoshda edi. Angliyaning Surrey grafligida, Uentvortdagi o‘z uyida yashagan. Uning garaj yonidagi jasadini bog‘bon ko‘rib qolgan, politsiya voqeani o‘z joniga qasd qilish, deb baholadi.
Britaniyaga «Soyuzgossirk»ning sobiq xodimi anchayin boyiganidan so‘ng ko‘chib kelgan: Ukrainada tug‘ilgan, biroq Rossiyada neft va gaz savdosidan pul ishlagan. Yangi vatanida u ko‘chmas mulk sotib olish bilan shug‘ullangan, xususan, London markazidagi Belgraviya hududida o‘z uylari bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter