Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yirik gazetalardan biriga egalik qilgan milliarder vafot etdi

Eng yirik gazetalardan biriga egalik qilgan milliarder vafot etdi

Foto: «RIA»

Buyuk Britaniyaning eng yirik gazetalaridan biri «Daily Telegraph» va uning sho‘ba korxonalari hammuallifi, milliarder Devid Barklay 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda «Guardian» gazetasi.

«Katta gazetani qutqargan, Buyuk Britaniyada minglab ish o‘rinlarini yaratgan va ushbu mamlakat mustaqilligiga va uning nimalarga qodir ekanligiga ishongan ser Devid Barclay bilan vidolashaman», — deb yozdi Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson.

Gazetaning qayd etishicha, milliarderning kutilmagan o‘limiga uzoq davom etmagan kasallik sabab bo‘ldi. Barklaydan to‘rt o‘g‘il va to‘qqiz nevara qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Devid Barklay egizak akasi Frederik bilan birgalikda Britaniyaning «Daily Telegraph» gazetasiga egalik qilgan va o‘z davrining eng muvaffaqiyatli ishbilarmonlaridan biri hisoblangan. «Sunday Times» tomonidan 2020-yilda chop etilgan eng boy odamlar ro‘yxatiga ko‘ra, aka-ukaning boyligi yetti milliard funt (9,5 milliard dollar)ga baholangan.

Egizaklar o‘z ish faoliyatlarini 1968-yilda mehmonxonalarni sotib olishdan boshlashgan. Keyinchalik, 1983-yilda aka-uka pivo ishlab chiqarish va transport kompaniyalari guruhini sotib oldi. 90-yillarning boshlarida ular mahalliy «Scotsman» gazetasini sotib olish orqali gazeta biznesiga kirishga qaror qilishdi. 2004-yilda egizak Barclay Britaniyaning «Daily Telegraph» gazetasi hamda uning sho‘ba korxonalari egalariga aylanishdi.

Devid va Frederik 1989-yilda qo‘shma xayriya jamg‘armasini ham tashkil etishgan. O‘shandan beri bolalar xayriya tashkilotlari va shifoxonalariga 15 million funt sterling (20,5 million dollar)dan ortiq xayriya mablag‘lari ajratdi. Bundan tashqari, fond tibbiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan. Mamlakat va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun ikkala aka-uka ham 2000-yilda ritsarlik mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring