Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya razvedkasi: Rossiya mobilizatsiyadan qochib, urushga muhojirlarni jalb qilmoqda

Britaniya razvedkasi: Rossiya mobilizatsiyadan qochib, urushga muhojirlarni jalb qilmoqda

Britaniya razvedkasining yakshanba kungi kundalik hisoboti Rossiya rasmiylarining qo‘shni davlat fuqarolarini urushda qatnashish uchun yollashga urinishiga bag‘ishlandi.

Hisobotda yozilishicha, Rossiyada kamida 6 million Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar istiqomat qiladi. Kreml ularni potensial yollanma askarlar deb hisoblaydi.

Agentlik muhojirlarni Rossiya armiyasida xizmat qilishga majburlash urinishlari haqidagi so‘nggi xabarlarga, shuningdek, Armaniston va Qozog‘iston fuqarolariga qaratilgan Rossiya Federatsiyasida katta to‘lovlar bilan shartnoma xizmati bo‘yicha ilgari o‘tkazilgan reklama kampaniyasiga e’tibor qaratgan.

Britaniyalik tahlilchilarining fikricha, Rossiya hukumatining bunday kampaniyalaridan maqsadi – 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi oldidan safarbarlikka yo‘l qo‘ymaslikdir.

So‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu bois kuni kecha O‘zbekistrn Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbek muhojirlarni ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring