Britaniya parlamentida tulki qo‘lga tushdi
Londonda Buyuk Britaniya parlamenti majmuiga kiruvchi bino idorasi xodimlari payshanba kuni kechasi g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘lishdi. Binoning ichiga tulki kirib olibdi, deb yozadi «Guardian» gazetasi.
«Lopes jamoasi: kechasi Vestminster idorasidan chiqib ketayotganimizda tulkiga ko‘zimiz tushdi. U «Portcullis House» binosida eskalatordan ko‘tarilayotgandi! 2017-yildan beri parlamentda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan voqealarga guvoh bo‘ldik, lekin bunaqasini ko‘rmagandik!» — deydi Britaniya parlamenti a’zosi Juliya Lopes «Twitter» akkauntida.
Nashrning yozishicha, politsiya kelib tulkini qo‘lga tushirgunga qadar jonivor to‘rtinchi qavatgacha ko‘tarilishga ulgurgandi. Politsiya xodimlari yovvoyi hayvonni qutiga joylab, olib ktishgan va tashqarida qo‘yib yuborishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter