Breksit qanchaga tushadi?
«Financial Times» xabar berishicha, 2019-yilda Buyuk Britaniya Xalqaro valyuta jamg‘armasining eng rivojlangan iqtisodiyotlar reytingidagi beshinchi o‘rnini yo‘qotib, yettinchi pog‘onaga qulaydi. «Ekspert Online» yozishicha, britanlar 2018-yil 1-yanvaridan beri band etib turgan 5-o‘rinni Hindiston band etadi. Qolaversa, Fransiya ham oldinga o‘tib ketadi.
2018-yil Buyuk Britaniya iqtisodiyoti va valyutasi uchun og‘ir sinovlar yili bo‘ldi. Qo‘shma qirollik breksit muammosiga o‘ralashib qoldi, hali amalga oshgani yo‘g‘-u, ammo oqibatlarini hozirdanoq nafaqat britanlar, balki butun Yevropa sezmoqda.
Buyuk Britaniya 2019-yilning 29-martida Yevropa ittifoqi tarkibidan uzil-kesil chiqishni rejalashtirgan — breksit boshlanishiga kamiga shunchaga tushadi. Umuman olganda, oxirgi paytlarda breksit tevaragida bo‘layotgan mojarolar shunday tasavvur uyg‘otmoqdagi, bu Britaniyaning YeIni tark etishi masalasini shubha ostiga qo‘ymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter