Taniqli xonanda aviahalokatga uchradi — Braziliya
Braziliyalik taniqli xonanda Mariliya Mendosa aviahalokatga uchradi. Samolyot halokatga uchragan Minas-Jerays shtati o‘t o‘chirish xizmati bu haqda xabar berdi.
Mariliya Mendosa 26 yoshda edi.
«Beech Aircaft» qishloq hududida qulagan. Buning oqibatida xonanda bilan birga uning amakisi, prodyuseri va ikki nafar uchuvchi halok bo‘lgan. Mendosa Minas-Jeyras shtatiga konsert berishga borayotgandi.
Mendosa 2019-yilda «Latin Grammy» mukofoti laureati bo‘lgandi. Xonandaning «YouTube» kanallaridagi chiqishlari yuz million marotabadan ko‘p tomosha qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter